BEHBUDIY VA “NASHRIYOTI BEHBUDIYA”NING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, o‘lka jadidchilarining yetakchisi ekanligi, Behbudiyning pedagogika, jurnalistika, matbuotchilik, noshirlik, siyosat, tijorat va boshqa bir qator ishlar bilan samarali faoliyat olib borganligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Behbudiy yangi o‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shganligi va ma’rifatparvarning faoliyati, jadid maktablari, “Behbudiya kutubxonasi”, “Nashriyoti Behbudiya” hamda bir qator masalalar haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan.